Sizning muvaffaqiyatingiz uchun

Kompyuter
savodxonligi
Sevinch Jovliyeva

Barcha kasb egalari va talabalar uchun kompyuter savodxonligi darslari

Hero Image
Customer 1 Customer 2 Customer 3 Customer 4 Customer 5 12+

1,200+ ortiq ko'rishlar

2x maktab

o'quvchilarida sinab ko'rilgan

30+ talabalar

Darslardan foydalangan

95% mamnun foydalanuvchilar

sodda va samarali uslub

20+ ustozlar

Dasturni ko'rib chiqqan

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT

Sevinch Jovliyeva

O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasining “Axborot xavfsizligini boshqarish” 3-bosqich talabasi.Web dasturchi va 15+ loyihalarni to’liq ishlab chiqqan.ICPC musobaqasi Respublika bosqichi faol ishtirokchisi.KFU Xalqaro Dasturlash Olimpiadasi finalisti.Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan IQAC doirasida 50+ talabalarga grant va stipendiyalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan.

  • Til va adabiyot bo'yicha tanlovlar Respublika bosqichi g'olibasi
  • Xalqaro IT forumlar va hakatonlarda faol ishtirokchisi
  • Startap, ta’lim va innovatsiya sohalaridagi konferensiya va musobaqalarda faol ishtirokchisi
  • Zakovat intellektual klubi o'yinlari qatnashchisi
  • Qizlar uchun IT klubi va kitobxonlik dasturlarini yo‘lga qo‘ygan
  • Yoshlar ishlari agentligi tashabbuslarida muntazam qatnashib keladi

Sevinch Jovliyeva

Web & SMM

Bog'lanish uchun

sevinch1711@gmail.com

Business Meeting Team Discussion

15+ Loyihalar

Full Stack Web dasturchi

Loyiha haqida

Kompyuter savodxonligini oshirish loyihasi maqsadi

Texnologiya hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shu sabab biz ushbu loyihani ishlab chiqdik – insonlar kompyuterdan bemalol foydalana olishi, zamonaviy dasturlarni o‘zlashtirishi va hayotini yengillashtirishi uchun.Har qanday yosh va kasbdagilar bemalol foydalanishlari mumkin

  • Har bir kishiga kompyuter ko‘nikmalarini oddiy va aniq uslubda yetkazish
  • Nazariya emas, amaliyotga asoslangan yondashuvni qo‘llash
  • Bilimlarni kundalik hayot va professional faoliyatda qo‘llash imkonini yaratish

Kompyuter savodxonligini oshirish loyihasi ahamiyati

Kompyuter savodxonligi bugun ta’lim, ilm-fan va mehnat bozorida muvaffaqiyat garovidir. Ushbu loyiha shu ehtiyojni qondirish, keng auditoriyaga zamonaviy bilimlarni yetkazishga qaratilgan.

  • Zamonaviy jamiyatda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish
  • Talabalarning ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga yordam berish
  • Mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham qulay va foydali bo‘lish
  • Bilimlarni kundalik hayot va professional faoliyatda qo‘llash imkonini yaratish

Kompyuter savodxonligini oshirish loyihasi uslubi

  • Murakkab tushunchalarni oddiy va oson tilda izohlash
  • O‘quvchi o‘z tezligi va imkoniyatiga qarab o‘rganishi
  • Mustaqil mashqlar orqali bilimni mustahkamlash

O‘quv jarayoni sodda, bosqichma-bosqich va tushunarli shaklda tashkil etilgan. Biz nazariyani amaliy mashqlar bilan uyg‘unlashtirib, bilimlarni tezda hayotda qo‘llash imkonini beramiz.

Loyiha haqida fikrlar

Bu yerda loyiha foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlarni ko'rishingiz mumkin

Aziz Toshmatov

Hisobchi

Men hisobchi bo‘lib ishlayman va kundalik ishlarimda kompyuter juda zarur. Shu darslar orqali men ilgari bilmagan ko‘plab qulay funksiyalarni o‘rganib oldim, ishlarim tezroq bitadigan bo‘ldi. Videolarni sodda va tushunarli qilib tayyorlaganingiz uchun rahmat.

Nozima Shuhratova

Talaba

Men tarix yo‘nalishida o‘qiyman, kompyuterdan uncha yaxshi foydalana olmasdim. Shu video darslar tufayli endi ko‘plab dasturlardan oson foydalanishni o‘rgandim. Hozir referat va taqdimot tayyorlashim ancha yengil bo‘lib qoldi.

Nilufar Tohirova

Informatika fani o'qituvchisi

Men o‘qituvchi sifatida bu video darslardan juda mamnun bo‘ldim. Darslar oddiy va tushunarli uslubda berilgani o‘quvchilarim uchun ham juda qulay bo‘ldi. Ayniqsa, har bir mavzu amaliy misollar bilan tushuntirilgani katta yordam berdi. Shunday loyihani davom ettirishingizni chin dildan tilayman.

Murod Botirov

Talaba

Men iqtisod yo'nalishi talabasi bo‘lsam-da, kompyuterda ishlashni chuqur bilmasdim. Videolaringiz qiziqarli, zeriktirmaydi va amaliy mashqlar ham juda foydali ekan. Endi darslarimni tayyorlashda ham, ma’lumot izlashda ham ancha erkin bo‘lib qoldim.

Foydalanuvchilar

Darslar

Ko'rishlar soati

Yo'nalishlar

Savolingiz bormi?Unda eng ko'p beriladigan savollar bo'limini ko'rib chiqing

Bu yerdan eng ko'p beriladigan savollarga javoblar bor.Agar savolingiz javobi bo'lmasa "Aloqa" bo'limi orqali bizga xabar qoldirishingiz mumkin.

Bu kurslar kimlar uchun mo‘ljallangan?

Bizning darslarimiz kompyuterda endi ishlay boshlaganlar ham, asosiy dasturlarni bilib, ko‘nikmalarini mustahkamlashni xohlaganlar uchun ham foydalidir.

Video darslarni qanday ko‘rish mumkin?

Saytimizdagi "Video darslar" bo‘limiga kirib, mavzular bo‘yicha tartiblangan darslarni istalgan vaqtda ko‘rishingiz mumkin.

Kurslar pullikmi yoki bepulmi?

Ha, hozirgi paytda saytimizdagi video darslar bepul.

Telefon yoki planshetdan ham darslarni ko‘rish mumkinmi?

Albatta! Video darslar mobil qurilmalarga moslashtirilgan, shuning uchun ularni telefon va planshetdan ham bemalol ko‘rishingiz mumkin.

Agar tushunmagan joyim bo‘lsa, yordam olsam bo‘ladimi?

Ha, siz izohlar yoki bog‘lanish bo‘limi orqali savolingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Biz imkon qadar tezda javob berishga harakat qilamiz.

Kelajagingizni kompyuter savodxonligidan boshlang!

Bugunoq video darslarimizni boshlang va kundalik hayotda, o‘qishda hamda ishda kerak bo‘ladigan eng muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ling.

Hozir boshlash uchun bosing!

Aloqa

Savollaringiz yoki takliflaringiz bo‘lsa, bemalol bizga murojaat qiling. Sizning fikrlaringiz biz uchun juda muhim.

Aloqa ma’lumotlari

Doimiy ravishda yordam berishga tayyormiz. Quyidagi manzil va aloqa ma’lumotlari orqali bizga bog‘lanishingiz mumkin.

Bizning manzilimiz

Toshkent shahri

Abdulla Qodiriy ko'chasi,11 uy

Bog'lanish uchun

sevinch1711@gmail.com

Email

sevinch1711@gmail.com

Biz bilan bog‘laning

Istalgan savol, taklif yoki murojaatingizni shu shakl orqali yuborishingiz mumkin.

Yetkazilmoqda
Sizning xabaringizni yetkazildi.Murojaat uchun rahmat!